Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazida media-tur o‘tkazildi
- Тафсилотлар
- Bo`lim: Yangiliklar
- Joylangan: 16.04.2019
“O‘zstandart” agentligi matbuot xizmatining tashabbusi bilan OAV xodimlariga Namangan sinov va sertifikatlashtirish markaziga media-tur tashkil etildi.
Unda markazning viloyat korxonalariga sifat menejmenti tizimlarini joriy etishi, metrologiya, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish va mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish yuzasidan tahliliy yangiliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Media-tur ishtirokchilari, shuningdek, viloyatdagi bir necha ishlab chiqarish korxonalarida ham bo‘lib, ularning markaz bilan amaliy hamkorlikdagi ishlari bilan yaqindan tanishdi.