“Global G.A.P.”, “Halal” va “Organic” halqaro standartlari davr talabi

Joriy yilning 12 dekabr kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani xokimligining majlislar zalida tuman fermer xo‘jaliklariga “Global G.A.P.”, “Halal” va “Organic” halqaro standartlari mazmun mohiyati” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

Seminar treningda Yangiqo‘rg‘on tuman hokimi A.Najmiddinov, Namangan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosar-maslaxatchisi A.Ya.Ubaydullaev, Namangan SMB boshlig‘i A.Tursunov, Namangan SSM DK direktori M.Abdullaev, boshqarma va markaz mutaxassislari tuman fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi.

            Yangiqo‘rg‘on tumani hokimi A.Najmiddinov kirish so‘zida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport xajmini oshirish uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini halqaro standartlari asosida yetishtirish, halqaro tajribalarni joriy etish lozimligini ta’kidladi.

Batafsil...

Eksport faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muxokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona ko‘mitasi tomonidan joriy yilning 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3978-sonli qarori ijrosi xolati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Batafsil...

Namangan viloyatida tadbirkorlik sub’ektlariga yana bir qulaylik yaratildi

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan 2018 yilda sinov va kalibrlash laboratoriyalarini rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi metrologiya bo‘limiga RST-200 kuchlanish va toktransformatorlarni qiyoslash uskunasi xarid qilindi.

Batafsil...

Namangan shahrida aholiga qulaylik yaratildi

Namangan shahar aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga qulaylik yaratish maqsadida Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi qoshida, “Namangan standart ta’mir” mas’uliyati cheklangan jamiyat tomonidan maishiy xisoblagichlarni ta’mirlash va qiyoslash shahobchasi faoliyatini boshladi. Eslatib o‘tamiz Chortoq va Chust tumani markazlarida maishiy xisoblagichlarni qabul qilish va qiyoslash shahobchalari o‘z faoliyatini yuritmoqda.

Batafsil...

DOLZARB MAVSUM!

“O‘zstandart” agentligi tashabbusi bilan 2018 yil 3 oktyabr kuni agentlik vakillari, Namangan SMB va SSM DK rahbarlari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumani “Isoqjon Fayziraxmon sahovati”, “Xamidjon Dilshod Umrixon” va “Qayqiobod ne’matlari” fermer xujaliklarida bo‘lib ilg‘or paxta terimchilarni sovgalar bilan taqdirlashdi.

Batafsil...