Tabiiy gazni sertifikatlashtirish va sinovlari endi o’zimizda...

“O’zstandart” agentligi Namangan SSM DK Akkreditlangan sinov majmuasi tomonidan 2017 yildan boshlab avtomobillar siqilgan gaz yonilgisi sinovini va sertifikatlash amaliyotlarini o’zlashtirildi.

“O’zstandart” agentligi akkreditatsiya boshqarmasi kengashining 2016 yil       29 dekabrdagi AK-360-sonli qaroriga ko’ra SSM DK xodimlari tomonidan viloyatimiz va Farg’ona vodiysida faoliyat ko’rsatayotgan avtmobillarga gaz yonilg’isi quyish shaxobchalarini qamrab olish imkoniyatga ega.

Maxsus laboratoriyani modernizatsiya qilish va zamonaviy gaz xramotograflarini xarid qilish uchun agentlik mablag’lari xisobidan 1 mlrd. so’m miqdorida investitsiya yo’naltirildi.

Mutaxassislar qayta tayyorlandi, Rossiya davlatida malaka oshirildi va respublikadagi mavjud turdosh laboratoriyalar tajribasi o’rganildi.

Shuningdek “Damas” avtomashinasi jixozlanib sinovlarni gaz quyish shaxobchasiga chiqib joyda sinash ishlari amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda tadbirkorlik subhektlariga standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish soxasidagi xizmatlarni amalga oshirishda Namangan SSM DK jamoasi yana bir qator yangi loyihalar ustida ish olib bormoqdalar. Yevropaning Daniya davlatidan xarid qilinayotgan xarorat kalibratori bilan barcha sanoat ishlab chiqarish korxonalaridagi gaz xisoblagichlarni qiyoslash imkoniyati yaratilsa, Xitoydan sotib olinyotgan “Kalorimetr” uskunasi ko’mir va ko’mir briketlarini sinash xamda sertifikatlashtirishni yo’lga qo’yiladi.

         Yengil sanoat maxsulotlarini sinash uchun 103 mln.so’mlik xorijiy sinov uskunalari xarid qilinib, laboratoriya xalqaro darajada akkreditatsiyadan o’tkaziladi. Bu o’z navbatida viloyatimiz sanoat soxasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan maxsulotlariga beriladigan sinov bayonnomalari dunyo miqyosida tan olinadi.