O‘zbekiston Respublikasi Milliy etalonlar bazasini rivojlantirish asosida mahalliy mahsulotlarning raqobatdoshligini oshirish, shuningdek, “O‘zstandart” agentligining tuzilmasini xalqaro talablarga muvofiqlashtirish

            Namangan SMB va SSM DK majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi     PQ-2935-sonli qaroridan kelib chiqadigan dolzarb vazifalar” mavzusida seminar-kengash o‘tkazildi.

            Seminar kengashida “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining matbuot xizmati raxbari A.Rasulov,Namangan SMB boshlig‘i A.Ubaydullaev va SSM DK direktori B.Boyboboevlar ishtirok etdilar.

            Kengashda viloyatdagi eksportyor korxonalar raxbarlari, tadbirkorlar va Namangan muxandislik texnologiya institutini metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti yo‘nalishida bitirayotgan yosh mutaxassislar taklif etildilar. Seminar-kengash qizg‘in va baxs-munozalarga boy ruxda o‘tdi.

            Ishtirokchilar ushbu Prezident qarori bilan respublikamizda Metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifat menejmenti tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar yuzasidan o‘zlarinin qiziqtirgan savollar bilan “O‘zstandart” agentligi vakillaridan javob oldilar.