Maishiy gaz, elektr va suv hisoblagichlarni qiyoslash shahobchasi Chortoq tumanida ish faoliyatini boshladi

Hozirgi kungacha Chortoq, Yangiqo‘rg‘on va Uychi tumanlari aholisi va tadbirkorlari elektr, gaz va suv hisoblagichlarni davriy qiyoslash uchun Namangan shahri markazidagi shahobchaga murojaat etar edilar, bu esa, o‘z navbatida mijozlardan vaqt, yo‘l harajatlari va boshqa noqulayliklarga duch kelishlarini taqazo etar edi. Endi ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida xalqimiz talab-istaklaridan kelib chiqib Chortoq tumani markazida shahobcha faoliyat boshladi. Buning uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi, elektr, gaz va suv ta’minoti korxonalari bilan kelishuv bitimlari amalga oshirildi. Namangan SSM DK tomonidan shaxobcha xonalari kapital ta’mirlandi, gaz, elektr va suv hisoblagichlarni qiyoslash uskunalari o‘rnatildi.

Shahobcha joriy yilning 29 iyun kuni ish faoliyatini boshladi. Ochilish marosimiga tumangaz korxonasi, tuman ETK va tuman suvoqava korxona raxbarlari taklif etildi.

Qiyoslash shahobchasi Chortoq, Yangiqo‘rg‘on va Uychi tumanlariga ja’mi 19394 dona gaz istemolchilarining hisoblagichlarini, 32155 dona suv istemolchilarining hisoblagichlarini, 164193 dona elektr energiyasi istemolchilarining hisoblagichlarini, qiyoslashda maxalliy aholiga qulayliklar yarat ildi.

chot1

 

 

chot2

chot4

chot5