Korrupsiyaga qarshi kurashish – jamiyat va davlat xavfsizligining garovidir

Joriy yilning 3 avgust kuni  Namangan SMB binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Qonuni qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Korrupiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlar rejasi”ga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining Matbuot, axborot taxlil va ijro nazorati kotibiyati boshlig‘i A.Rasulov, namangan SMB boshlig‘i A.Tursunov, viloyat jinoiy ishlar bo‘yicha sudi sud amaliyotini taxlil qilish bo‘limi boshlig‘i A.Aripov, Namangan viloyat prokuraturasining ijtimomiy va iqtisodiy qonunchilik ijrosi ustidan nazorat bo‘limi prokurori R.To‘raboev hamda Namangan SMB va SSM DK xodimlari ishtirok etdilar.

Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan avvalo O‘zbekiston Respublikasida Jinoyat Kodeksida korrupsiyaga doir sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan javobgarlik xaqida, har bir fuqaroni eng avvalo vijdoni uyg‘oq, ruhan pok, yon atrofida bo‘layotgan voqealarga loqayd bo‘lmaslik, yordam va ko‘makka muhtoj insonlarning muammolariga, adolatning topta­lishiga befarq qaramaslik, usib kelayotgan yoshlarga ibrat bo‘lish, davlat organlari vakolatlarini bajarishni ta’minlovchi shaxslarning adolatli va samarali faoliyat ko‘rsatish asosiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Ma’ruzalar so‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarining mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi va yig‘ilish yakunida qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.

 

1

2