Maishiy suv xisoblagichlarni qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazishni tashkil etish

Namangan viloyat va shahar "Suvoqava" davlat unitar korxonasi, O‘zbekiston Respublikasi iste’molchilar xuquqlarini ximoya qilish jamiyatlari federatsiyasi (O‘IHHQJF) Namangan viloyat birlashmasi va Namangan shahar iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyati rahbarlari, Namangan SSM DK metrologiya bo‘limi mutaxassislari tomonidan 2018 yil 15 avgust kuni maishiy suv xisoblagichlarni qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish tartibi mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.

O‘quv seminarda ishtirok etgan viloyat “Suvoqava” davlat unitar korxonasi mutaxassislariga Namangan SSM DK mutaxassislari va O‘IHHQJF tomonidan maishiy suv xisoblagichlarni qiyoslash ko‘rigidan o‘tkazish tartibi, “Suvoqava” DUK mutaxasislari suv xisoblagichlar oldi-sotti xarakatlariga aralashmaslik xaqida batafsil tshuntirish berildi.

qiyo1

qiyo2