Namangan SSM DK Metrologiya bo'limi tomonidan Mingbuloq tumanida seminar o'tkazildi

Namangan sinov sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi Metrologiya bo‘limi tomonidan Namangan viloyati barcha tumanlarida Majburiy ijro byuro xodimlari uchun joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014 yil 30 iyulda 2604 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Gazni hisobga olish priborlarini tekshiruvdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” tartibi, “Maishiy iste’molchilarni elektr energiyasini hisobga olish priborlarini qiyoslashdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qoshimcha kiritish haqida”gi 2018 yil 3-iyulda 2736-2 raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan tartibi mazmun mohiyati mavzusida o‘quv seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan, xozirgi kunga 7 ta tumanda tashkil etildi. Xususan Mingbuloq tumani San’at koleji majlislar zalida 2018 yil 25 avgust o‘quv seminar o‘tkazildi. Kun tartibidagi masala yuzasidan Namangan SSM DK metrologiya bo‘limi boshlig‘i X.Nishanov keng ahborot berdi.

O‘quv seminar ishtirokchilari o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar, qiziqtirgan savollarga javob oldilar.