Namangan viloyatida tadbirkorlik sub’ektlariga yana bir qulaylik yaratildi

“O‘zstandart” agentligi rahbariyati tomonidan tasdiqlangan 2018 yilda sinov va kalibrlash laboratoriyalarini rivojlantirish dasturi ijrosi yuzasidan Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi davlat korxonasi metrologiya bo‘limiga RST-200 kuchlanish va toktransformatorlarni qiyoslash uskunasi xarid qilindi.

Bu bilan markazning metrologiya bo‘limi tomonidan endilikda toktransformatorlarni o‘rnatilgan joyida metrologik tekshiruvdan o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ldi hamda kelgusida laboratoriyaning akkreditatsiya doirasini kengaytirish bilan kuchlanish transformatorlarini ham metrologik tekshiruvdan o‘tkazishimkoniyati yuzaga keladi. O‘z navbatida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlariga ko‘rsatilayotgan metrologik xizmatlarning sifati oshadi va qulayliklar yaratiladi.