Eksport faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish masalalari muxokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona ko‘mitasi tomonidan joriy yilning 20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3978-sonli qarori ijrosi xolati yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

              Videoselektor yig‘ilishida Namangan viloyati bojxona majlislar zalida viloyatdagi eksportyor korxonalar rahbarlari, mutassadi tashkilot vakillari hamda Namangan SSM DK mutaxassislari qatnashdi.

Videoselektorda mamlakatimizning qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport xajmini oshirish, respublikamizdan meva-sabzavot mahsulotlarini Evropa Ittifoqi, Osiyo mintaqasi va Arab davlatlariga eksport qilishdagi mavjud imkoniyatlar, xorijiy davlatlarda meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yiladigan fito-sanitariya talablari, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartlar hamda xorijiy bozorlarga kirishning imkoniyatlari va muammolari to‘g‘risida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Videoselektor davomida eksportyorlar tomonidan mutasadi tashkilotlar vakillariga bugungi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport qilishdagi texnik tusiqlarni, ya’ni qishloq xo‘jalik mahsulotlarini narhini shakllantirish, logistika masalalari, mahsulotlarni qadoqlashdagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikr va muloxazalarini bildirdilar.

Davlat idoralari tomonidan ushbu bildirilgan muammolarni echimini hal etish yuzasidan tegishli tadbirlar belgilab olindi.

Ushbu qarorda “O‘zstandart” agentligiga bir qator vazirliklar bilan birgalikda “Global G.A.P.”, “Halal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha halqaro tan olingan tashkilotlar bilan hamkorlik o‘rnatish, organik va boshqa mahsulotlarni etishtirishni rivojlantirish bo‘yicha hukumat qarori loyihasini tayyorlash hamda meva sabzavot etishtiruvchi korxonalarni sertifikatlash bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashni tashkil etish yuzasidan vazifalar belgilab berilgan bo‘lib bu borada tegishli amaliy ishlar boshlandi.