“Global G.A.P.”, “Halal” va “Organic” xalqaro standartlari davr talabi !

Joriy yilning 13 dekabr kuni Namangan viloyati Chust tumani xokimligining majlislar zalida tuman fermer xo‘jaliklariga “Global G.A.P.”, “Halal” va “Organic” halqaro standartlari mazmun mohiyati” mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

Seminar treningda Chust tuman hokimi B.J.Oxunov, Namangan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosar-maslaxatchisi A.Ya.Ubaydullaev, Namangan SMB boshlig‘i A.Tursunov, Namangan SSM DK direktori M.Abdullaev, boshqarma va markaz mutaxassislari tuman fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi. 

            Chust tumani hokimi B.J.Oxunov kirish so‘zida, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini eksport xajmini oshirish uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini halqaro standartlari asosida etishtirish, halqaro tajribalarni joriy etish lozimligini ta’kidladi.

            So‘ng, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosar-maslaxatchisi A.Ya.Ubaydullaev, Namangan SMB boshlig‘i A.Tursunov, Namangan SSM DK direktori M.Abdullaevlar meva-sabzavot mahsulotlarini Evropa Ittifoqi, Osiyo mintaqasi va Arab davlatlariga eksport qilishdagi mavjud imkoniyatlar, xorijiy davlatlarda meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yiladigan fito-sanitariya talablari, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro standartlar hamda xorijiy bozorlarga kirishning imkoniyatlari va muammolari to‘g‘risida ahborot berdilar.

            “Global G.A.P.”, “Halal” va “Organic” standartlari talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha o‘z prezintatsiyasi bilan Namangan SSM DK mutaxassisi A.Elchiev seminar ishtirokchilariga standartlarni mazmun mohiyatini yoritib berdi.

Tadbir jonli ruxda o‘tib, barcha ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.