SIFATLI MAHSULOT JAXON BOZORIGA YO‘L OCHISH OMILI

Joriy yilning 25 yanvar kuni Namangan viloyati Kosonsoy tumani xokimligining majlislar zalida tuman fermer xo‘jaliklari va eksportyor korxonalar rahbarlari ishtirokida “Global G.A.P.” halqaro standarti mazmun mohiyati mavzusida seminar trening o‘tkazildi.

Seminar treningda Kosonsoy tuman hokimi J.N.Yuldashev, Namangan SMB boshlig‘i A.Tursunov, Namangan SSM DK direktori M.Abdullaev, Respublika SSM DK mutaxassisi O.G‘ayratov, boshqarma va markaz mutaxassislari tuman fermer xo‘jaliklari hamda eksportyor korxona rahbarlari qatnashdilar.

 Kosonsoy tuman hokimi J.Yuldashev kirish so‘zida, “Global G.A.P.” halqaro standartini joriy etish va sertifikatlashtirish orqali fermer xo‘jaliklari tomonidan etishtirilayotgan mahsulotlarni sifati va eksport salohiyatini yanada oshishiga olib kelishi, natijada tumanda ish o‘rinlari ko‘payishi va ularni turmush darajasi ko‘tarilishi xaqida fikr bildirdi.

Namangan SMB boshlig‘i A.Tursunov, Namangan SSM DK direktori M.Abdullaev Respublika SSM DK mutaxassisi O.G‘ayratov hamda Namangan SSM DK mutaxassisi A.Elchievlar meva-sabzavot mahsulotlarini Evropa Ittifoqi, Osiyo mintaqasi va Arab davlatlariga eksport qilishdagi mavjud imkoniyatlar, xorijiy davlatlarda meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘yiladigan fito-sanitariya talablari, oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha halqaro standartlar hamda xorijiy bozorlarga kirishning imkoniyatlari va muammolari, “Global G.A.P.” standarti talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sertifikatlashtirish bo‘yicha o‘z prezintatsiyasi bilan seminar ishtirokchilariga standartlarni mazmun mohiyatini yoritib berdilar.

            Tadbir jonli ruxda o‘tib, barcha ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.