Eksportyorlarga ko‘maklashish asosiy vazifamiz

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi PQ-4135 sonli qarorining 10 bandi ijrosi yuzasidan "Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish Respublika markazi" Namangan filiali tomonidan Namangan Davlat Universitetida 15-20 aprel kunlari "Tashqi savdo va eksport asoslari" mavzusida tadbirkorlik sub’ektlari va eksportyorlarga bepul o‘quv kursi davom etmoqda. Bugun o‘quv rejasiga muvofiq markaz xodimlari tomonidan o‘quv kursi ishtirokchilariga ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda mahsulotlarni eksport qilishda "O‘zstandart" agentligining roli qanday bo‘lishi yuzasidan keng qamrovli dars o‘tib berildi.