Eksportyorga ko‘makdoshmiz!

“Kompozit Panel Servis” MCHJ QK Namangan viloyati, Yangiqo’rg’on tumani Sharq Yulduzi, Yangiqo’rg’on tumani Baraka MFY Qozonbuloq ko’chasi 30-uyda joylashgan bo‘lib, 2013 yil 10 martda tashkil topgan. Xozirgi kunda 148 ta ishchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan 66 turdagi erkaklar, ayollar va bolalar trikotaj mahsulotlari asosan eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

“Kompozit Panel Servis” MCHJ QKga Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi Davlat korxonasining “Mahsulotlarni eksport qilishga ko‘maklashish” byurosi etakchi mutaxassisi tomonidan “Kompozit Panel Servis” MCHJ QKga sifat menejment tizimi joriy etishda va O’z DSt ISO 9001-2015 standarti bo‘yicha sertifikatlashtirishda amaliy yordam berildi.

Namangan SSM DK sertifikatlashtirish organi tomonidan 11 turdagi 118000 dona trikotaj mahsulotlariga 7- chizma bo‘yicha muvofiqlik sertifikati olishida yaqindan yordam berildi.

Jumladan, korxonani ГОСТ 31405-2009, ГОСТ 31406-2009, ГОСТ 31407-2009, ГОСТ 31408-2009, ГОСТ 31409-2009, ГОСТ 31410-2009  va UzTR.148-008:2016 «Engil sanoat mahsulotlari xavfsizligi» to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamenti bilan bepul ta’minlash, texnik yozuvlar ishlab chiqishda, mahsulotlarga yorliqlar tayyorlash, mavjud o‘lchash vositalarini qiyoslashdan o‘tkazishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Natijada jamiyat tomonidan Belarussiya Respublikasi, Minsk shahri “Vodiybel-Sanoat” MCHJ bilan yillik umumiy qiymati 1,0 mln AQSH dollar miqdoridagi eksport shartnomasi imzolanib, mahsulotlarni “Uz-Tailor” brendi asosida Belarussiya Respublikasiga eksport qilish ishlari amalga oshirilmoqda.