Mahsulotlarni eksportiga ko‘maklashish – asosiy vazifamiz.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan eksportni rivojlantirish bo‘yicha Respublika ishchi guruxi bugun Namangan viloyatiga tashrif buyurib viloyatimizda mahsulotlarni eksport qilishdagi mavjud joriy va tizimli muammolar va ularning echimini hal etish yuzasidan bir qator ishlarni amalga oshirdilar.

O‘z navbatida “O‘zstandart” agentligi Namangan SSM DK vakillari ham eksportni rivojlantirish bo‘yicha ishchi gurux a’zolari sifatida viloyatning Namangan tumanidagi xududiy va tarmoq eksport korxonalarida bo‘lib ularning faoliyatidagi muammolarni o‘rganib, sohaga doir masalalarda amaliy yordam berdilar.

 

Shu kuni Namangan viloyati hokimligida ishchi guruh a’zolari va eksportyor korxonalar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Bunda bugungi kunda o‘z echimini kutib turgan bir qator bank sohasidagi, engil sanoat korxonalari uyushmasi tarmog‘idagi muammolar o‘z echimini topdi.

O‘z o‘rnida ochiq muloqotda “O‘zstandart” agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari Kiyamov Rustamjon ma’ruza qilib, viloyatdagi meva-sabzavot eksporti bilan shug‘ullanayotgan korxonalarga bugungi kundagi dolzarb “Global gap”, “Organik” va “Halol” halqaro standartlarini joriy etish va sertifikatlashtirish yuzasidan tushuntirishlar berdi. Ochiq muloqotda eksportyor korxonalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

O‘rganish natijalari bo‘yicha mavjud muammolarni chuqur tahlil qilingan holda ularni hal etish yuzasidan aniq maqsadli takliflar ishlab chiqilib Respublika ishchi guruhiga taqdim etildi.