Markaz Ustavi

           

«O‘zstandart» agentligi

bosh direktorining

2017 yil ___” maydagi ________-son buyrug‘i bilan

TASDIQLANDI

 

 

 

 

 «“O’zstandart” agentligi Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi («Namangan SSM» DK)

Ustavi (Yangi tahriri)

 I. Umumiy qoidalar

 

1. Ushbu Ustav «“O’zstandart” agentligi Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi («Namangan SSM» DK) (keyinchalik «Korxona») asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarliklari, shuningdek asosiy tashkiliy faoliyatini quyidagilarga muvofiq belgilaydi.

2. Korxona - davlat mulkidagi, o‘ziga tezkorlik bilan boshqarish uchun berilgan mulk negizida tashkil etilgan davlat unitar korxonasi shaklidagi tijorat tashkilotidir, u o‘ziga birkitilgan mulkdan qonunda belgilangan doirada, o‘z faoliyati maqsadlariga, muassisning topshiriqlariga hamda egalik qilish huquqidagi mulkning maqsadiga muvofiq mulkdan foydalanishni va uni tasarruf etishni amalga oshiradi.

3. Korxona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 3 oktyabrdagi 342-sonli, 2011 yil 28 apreldagi 122-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi PQ-2935-son qarorlariga muvofiq standartlashtirish, metrologiya hamda mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish tizimini yanada takomillashtirish, uni zamonaviy xalqaro normalar va talablarga muvofiqligini ta’minlash, shuningdek xalqaro standartlardan foydalanish asosida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish va «O‘zstandart» agentligi faoliyatiga oid boshqa xalqaro qonun normalari hamda hujjatlarini amalga oshirish maqsadida «O‘zstandart» agentligi tomonidan tashkil qilingan.

4. Korxona o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari va ushbu Ustavga amal qiladi.

5. Korxonaning nomlanishi:

davlat tilida lotin yozuvida - «“O’zstandart” agentligi Namangan sinov va sertifikatlashtirish markazi» davlat korxonasi, qisqartirilgan nomi        «Namangan  SSM» DK;

rus tilida kirillitsa yozuvida - Gosudarstvennoe predpriyatie «Namanganskiy sentr ispыtaniy i sertifikatsii agentstva “Uzstandart”», qisqartirilgan nomi GP «Namanganskiy SIS»;

ingliz tilida– The State enterprise «Namangan center for testing and certification of the “Uzstandart”» agency, qisqartirilgan nomi «Namangan CTC».

6. Korxonaning manzili: indeks 160108, O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyati Namangan shahri Nodira ko‘chasi, 9.

 

II. Korxonaning huquqiy maqomi

 

7. «O‘zstandart» agentligi Korxonaning muassisi bo‘lib hisoblanadi.

«O‘zstandart» agentligi va Korxona o‘rtasidagi mol-mulk munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Davlat korxonalari to‘g‘risida»gi Nizomga asoslangan holda belgilanadi.

8. Korxona «O‘zstandart» agentligi tizimiga kiradi va “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining tarkibiy bo‘linmasi xisoblanadi.

9. Korxona alohida mol-mulkka, mustaqil balansga, bank hisob raqamlariga, shu jumladan valyuta hisob raqamlariga, ramzi, shtamplari va blankalariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, o‘zining firma nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega.

Korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni olishi va amalga oshirishi, majburiyatlar olishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.

10. Korxona muassis roziligi bilan qonun hujjatlariga muvofiq tijorat tashkilotlari, shuningdek ularda yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladigan notijorat tashkilotlar qatnashchisi (a’zosi) bo‘lishi mumkin.

Korxona davlatning boshqa korxonasi muassisi bo‘lishga haqli emas.  

          11. Korxona o‘z faoliyatini «O‘zstandart» agentligining boshqa bo‘linmalari, akkreditatsiyalangan idoralar va sinov laboratoriyalari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning metrologik xizmatlarini o‘zaro hamkorligida sertifikatlashtirish milliy tizimi (SMT), o‘lchovlar birliligini ta’minlash davlat tizimi (O‘DT) bilan belgilangan qoidalar, me’yorlar va tartiblarga muvofiq amalga oshiradi.

 

III. Korxonaning asosiy vazifalari va funksiyalari

 

14. Korxonaning asosiy vazifalari:

iste’molchini sifatsiz, shu jumladan fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga xavf tug‘diruvchi, atrof muhitga zarar etkazuvchi o‘zaro almashinuvchanlik va moslashuvchanlik talablarini o‘lchash uslublari va yorliqlash qoidalari birliligini ta’minlamaydigan mahsulotlardan himoyalash;

mahsulotlarni va xizmatlarni sertifikatlashtirilishini tashkil etish va uni  o‘tkazishda respublika standartlari va xalqaro standartlarni qo‘llash asosida mahsulot sifatiga qo‘yiladigan talablarni uyg‘unlashtirish, sifat tizimlarini joriy qilish va ularni muvofiqlashtirish;

xalqaro bozorda mahsulotlarning raqobatbardoshliligiga ko‘maklashish;

sertifikatlashtirish tizimlarini yaratishda qatnashish, shu hisobda Sertifikatlashtirish Milliy Tizimi doirasida o‘tkaziladigan sertifikatlashtirish natijalarini chet elda tan olinishi uchun sharoitlar yaratish;

mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarda va xizmatlar ko‘rsatadigan idora va tashkilotlarda xalqaro standartlar talablari asosida sifat tizimlarini joriy qilish;

xalqaro standartlar talablari asosida sifat tizimini ishlab chiqish va yo‘nalish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkillashtirish, o‘tkazish, respublika va xalqaro miqyosida seminarlar, konferensiyalar tashkillashtirish xizmatlarini ko‘rsatish;

Korxonaning laboratoriyalarida sinash tizimini rivojlantirish hamda ularning Sertifikatlashtirish Milliy Tizimida akkreditatsiyalanishiga tayyorlanishini ta’minlash, ayrim funksiyalarni bajarish uchun shartnoma tuzish asosida mutaxassislarni jalb qilish;

me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq mahsulotlarni sinash protseduralarini takomillashtirish va o‘tkazish;

standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sinash masalalari bo‘yicha Korxonaning kadrlar tarkibini doimiy, tizimli tayyorgarligi va malakasini oshirish chorasini ta’minlash;

sinash va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlar jarayonida olinadigan axborotni sir saqlanishini ta’minlash;

sinash va sertifikatlashtirish bo‘yicha hujjatlar va ishchi materiallarning hisobi va saqlanishini ta’minlash;

muvofiqlik sertifikati va muvofiqlik belgisi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik, teng huquqlilik prinsipi asosida nizoni hal etish;

eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha bepul maslahat xizmatlari ko‘rsatish;

ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqarishda xalqaro va mamlakatlararo standartlar talablarini joriy etish va ularga erishish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

ishlab chiqaruvchi korxonalarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha zarur axborotlar olish uchun axborot-maslahat yordami ko‘rsatish;

standartlar, mahsulotni sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar yuzasidan xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha doimiy yangilab turiladigan ma’lumotnomani ishlab chiqish va joriy etish, keyinchalik uni "O‘zstandart" agentligining va Korxonaning Internet tarmog‘idagi saytiga joylashtirish.

15. Asosiy vazifalariga muvofiq Korxona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

sinash va sertifikatlashtirishni tashkil etadi va o‘tkazadi, muvofiqlik belgisini qo‘llash huquqini berish uchun kelishuvlarni rasmiylashtiradi;

sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlar reestrini yuritadi, muvofiqlik sertifikatlarini ro‘yxatga oladi;

“Respublika SSM” DKga taqdim etish uchun sinash va sertifikatlashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ishlar haqida hisobotlarni tayyorlaydi;

sertifikatlashtirilgan mahsulotlar va xizmatlar ustidan inspeksiya nazoratini o‘tkazadi;

mahsulotlarni sertifikatlashtirish va sinash masalalari bo‘yicha respublika korxonalari va tashkilotlariga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;

Korxonaning tarkibiga kiruvchi sertifikatlashtirish idoralarning va akkreditatsiyalangan labaratoriyalarning ichki auditini tashkil etadi;

sertifikatlashtirish tashkil etilganida uning sxemalarini tanlaydi;

Korxonaning akkreditatsiyalangan laboratoriyalarida o‘lchash vositalarini hisobini olib boradi;

sertifikatlashtirish qoidalariga rioya qilinishi va natijalarini  rasmiylashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

O‘zbekiston hududida realizatsiya qilinadigan iste’mol tovarlarning davlat tilidagi markirovkalarini tayyorlash xizmatlarini ko‘rsatadi;

yuklarni ortishdan va tushirishdan avvalgi inspeksiyani hamda import kontraktlari bo‘yicha respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bahosi yuzasidan ekspertiza xizmatlarini bajaradi;

ekspert xulosalar berish orqali tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlarni tasniflash TIF TN bo‘yicha tovar kodlarini aniqlaydi hamda mahsulotlarning majburiy sertifikatlashtirish ro‘yxatiga kirish yoki kirmasligi to‘g‘risida xulosalar rasmiylashtiradi;

tashqi savdo, texnik va boshqa ish yuritish hujjatlar tarjimasini amalga oshiradi;

marketing tadqiqotlar o‘tkazadi;

faoliyatiga oid adabiyotlarni nashr etishda va tarqatishda qatnashadi;

fors-major holatlarni aniqlaydi va ekspert xulosalarini taqdim etadi;

me’yoriy hujjatlar fondini tashkil etish va shakllantirish, uni yuritish va aktuallashtirish ishlarida qatnashadi, shu jumladan ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi, ularga bo‘lgan qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar loyihalarini tayyorlash, shuningdek xalqaro standartlar talablarini hisobga olgan holda yangi hujjatlar ekspertizasini o‘tkazish va ularni kelishish ishlarida qatnashadi;

korxona va tashkilotlarga xalqaro standartlarga muvofiq sifat tizimlarini  joriy etish bo‘yicha metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;

korxona va tashkilotlar bilan birgalikda majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va “Respublika SSM” DK ga taqdim etadi;

hujjatlarni nusxa ko‘chirish yo‘li bilan ko‘paytirish xizmatini amalga oshiradi;

eksportga mo‘ljallangan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan tushgan masalalarni o‘rganadi va ularga zarur axborotlar taqdim etadi;

mahsulot eksporti masalalari bo‘yicha maslahat xizmatlari ko‘rsatish yuzasidan bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi materiallarni umumlashtiradi, tayyorlaydi va “Respublika SSM” DK ga taqdim etadi;

mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritishga doir mavjud muammolarni tahlil qiladi va ularni hal etish yuzasidan “Respublika SSM” DK ga takliflar kiritadi;

mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritish bo‘yicha dasturlar va tadbirlar tayyorlashda qatnashadi;

mahsulotni standartlashtirish, sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar bo‘yicha xalqaro va mamlakatlararo talablarni tahlil qiladi;

mahsulotni standartlashtirish, sertifikatlash, yorliqlash, o‘rash va boshqa parametrlar bo‘yicha xalqaro va mamlakatlararo talablar bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yangilab boradi.

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini amalga oshiradi.

 

IV. Korxonaning huquqlari

 

16. Korxona yuklatilgan asosiy vazifalarga muvofiq qo‘yidagi huquqlarga ega:

O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonun normativ hujjatlariga va ushbu Ustavda belgilangan asosiy vazifalarga muvofiq o‘z faoliyatining mazmuni va aniq yo‘nalishlarini belgilashga;

shartnomalar tuzish, bank kreditlaridan foydalanish, chet el banklarining tijorat kreditlarini jalb qilish, amaldagi qonun va normativ hujjatlari bilan ruxsat etilgan tashqi iqtisodiy faoliyatini amalga oshirishga;

O‘zbekistondagi yuridik va jismoniy shaxslar, chet el sheriklari bilan O‘zbekiston Respublikasida va uning tashqarisida o‘z vakolati doirasida har qanday turdagi (tashqi savdo, kredit) bitimlari tuzishga;

Korxona vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun o‘z mutaxassislarini xizmat safariga yuborish, boshqa mamlakatlardan o‘zining faoliyati bo‘yicha sheriklarini qabul qilishga;

akkreditatsiyalash sohasiga muvofiq, shuningdek Sertifikatlashtirish Milliy Idorasi topshirig‘iga binoan mahsulotlarni sinovi va sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishga;

Sertifikatlashtirish Milliy Idorasi bilan kelishilgan holda amaldagi sertifikatlashtirish milliy tizim doirasida bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tizimining qoidalari, protseduralari va funksiyalarini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar tayyorlashga;

Korxona laboratoriyalarida bajarilmaydigan ayrim sinovlarni o‘tkazish uchun shartnoma asosida akkreditatsiyalangan laboratoriyalarni jalb qilishga;

Korxonaning laboratoriyalari va metrologik bo‘limlarini zamonaviy o‘lchov va sinov vositalari bilan jihozlash bo‘yicha “Respublika SSM” DK ga taklif kiritishga;

mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalardan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga kiritishga doir zarur axborotlarni so‘rab olish;

standartlashtirish va sertifikatlash sohasida xorijiy kompaniyalar va firmalar bilan o‘z vakolatlari doirasida bevosita hamkorlik qilish;

zarurat bo‘lganda, mazkur Ustavda nazarda tutilgan funksiyalarni bajarish uchun tegishli mutaxassislarni jalb qilish.

 

V. Muassisning huquq va majburiyatlari

 

17. «O‘zstandart» agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:

Korxona faoliyatining maqsadi, predmeti, turlarini belgilashga;

Korxona Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga;

Korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasini mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muddatidan oldin bekor qilishga;

Korxonani qayta tashkil etish yoki tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish, tugatish komissiyasini tayinlash va tugatish balanslarini tasdiqlashga;

Korxona mulkiga oid bitishuvlarni haqiqiy emas deb e’tirof etish to‘g‘risidagi da’vo bilan sudga murojaat qilishga;

Korxonaning ortiqcha, foydalanilmayotgan yoxud belgilangan maqsadda foydalanilmayotgan mulkini olib qo‘yish va ularni tasarruf etishga;

zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasiga Korxonani xususiylashtirish yoki davlat tasarrufidan chiqarish bo‘yicha takliflar kiritishga;

Korxonaga etkazilgan zararlarni undirish to‘g‘risida Korxona rahbariga nisbatan da’vo taqdim etishga.

18. «O‘zstandart» agentligi quyidagilarga majbur:

Korxona rahbarini tayinlash, mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq uning bilan mehnat shartnomasi tuzishga;

Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab uch oy mobaynida Korxonaning Ustav fondini unga davlat mulkini tezkorlik bilan boshqarish uchun berish yo‘li bilan shakllantirishga;

har yili Korxonaning biznes-rejasini tasdiqlash, har chorakda Korxona rahbaridan uning bajarilishi haqidagi hisobotini eshitishga;

bozor qiymati eng kam oylik ish haqining ming baravari miqdoridan oshadigan mol-mulkini ushbu Ustavning 23-bandiga muvofiq mulkni tasarruf etish uchun Korxona rahbariga ruxsatnomalar berish to‘g‘risidagi qarorni tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishishga;

Korxonaga berilgan davlat mulkidan maqsadli foydalanilishini va saqlanishini, shuningdek uning begonalashtirilishini nazorat qilishga.     

 

VI. Korxona direktorining majburiyatlari va javobgarligi

 

19. Korxona direktori yakka ijro etuvchi organi bo‘lib hisoblanadi. Direktor korxona oldiga qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini tashkil etadi, korxona nomidan ishonchnomasiz faoliyat ko‘rsatadi, shu jumladan uning manfaatlarini ifodalaydi, korxona nomidan bitishuvlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi, xodimlarni ishga qabul qiladi, shu jumladan filiallar rahbarlarini tayinlaydi va ularga faoliyat ko‘rsatish uchun ishonchnoma beradi, xodimlar bilan mehnat shartnomalarini tuzadi, o‘zgartiradi va to‘xtatadi, buyruqlar chiqaradi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnomalar beradi.

Korxona xodimlarining, shu jumladan filiallarining, shtat bo‘yicha soni va ularning ish haqi miqdorlari direktor tomonidan muassis bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.

Direktor «O‘zstandart» agentligi va “Respublika SSM” DK oldida korxona Ustavida belgilangan tartibda korxona faoliyati to‘g‘risida hisob beradi.

20. Direktor o‘z huquqlarini amalga oshirishda va vazifalarini bajarishda Korxona manfaatlarini ko‘zlab harakat qiladi hamda byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning, ish haqining o‘z vaqtida to‘lanishi, mehnat huquqlari va munosabatlaridan hamda ularga tenglashtirilgan to‘lovlardan kelib chiqadigan barcha talablarning qondirilishi, ishlab chiqarish faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlar uchun pul mablag‘larining o‘tkazilmaganligi, o‘zining harakati (harakatsizligi) tufayli, shu jumladan Korxonaga berilgan davlat mulki yo‘qolgan taqdirda, Korxonaga etkazilgan zararlar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

 

VII. Korxonaning ustav fondi, mol-mulki va mablag‘lari

 

21. Korxona faoliyatini amalga oshirish uchun “O‘zstandart” agentligi tomonidan 225 449 102 (ikki yuz yigirma besh million to‘rt yuz qirq to‘qqiz ming bir yuz ikki) so‘m miqdorida Korxonaning ustav fondi shakllantiriladi.

22. «O‘zstandart» agentligi Korxonaning Ustav fondini, uni shakllantirish manbalarini belgilaydi.

23. Korxonaning Ustav fondi «O‘zstandart» agentligi, Korxonaning buyruqlari asosida beriladigan davlat mulki, aylanma mablag‘ va boshqa boyliklari hisobidan shakllanadi.

24. Korxona mulki:

«O‘zstandart» agentligi tomonidan davlat korxonasiga tezkor boshqarish xuquqi bilan biriktirilgan mulk;

Korxonaning o‘z faoliyatidan olingan mulklari qonun hujjatlarga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga shakllantiriladi.

Korxona mulkining qiymati korxonaning mustaqil balansida aks ettiriladi.  

25. Korxona mulkini tasarruf etish quyidagi hollarda Korxona direktori tomonidan «O‘zstandart» agentligi bilan kelishgan holda amalga oshiriladi:

asosiy vositalarni sotish, ularni ijaraga yoki garovga topshirish;

mulkni xo‘jalik jamiyati ustav fondiga ulush sifatida qo‘shish;

xo‘jalik jamiyatlarining aksiyalari (ulushlari)ni sotib olish;

xo‘jalik jamiyatlaridagi Korxonaga tegishli aksiyalar (ulushlar)ni sotish;

mulkni Korxona faoliyati maqsadlariga muvofiq bo‘lmagan boshqacha tarzda tasarruf etish.

          Bunda bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotish Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Bino va inshootlarni (shu jumladan qurilishi tugallanmaganlarni) sotishdan tushgan mablag‘lar, ularni sotib olish manbalaridan qat’i nazar, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan mablag‘lar tarzida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi tomonidan taqsimlanadi.

26. Korxona rezerv (sug‘urta) va boshqa jamg‘armalar ochishi mumkin, bu jamg‘armalar Korxona tasarrufida qolayotgan sof foyda hisobiga yig‘iladi.

27. O‘tgan yildagi ishlatilmagan mablag‘lar keyingi yilga o‘tkaziladi va uni olib qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

28. Korxona jamg‘arilgan pul mablag‘lariga moddiy-ta’minot boyliklarini sotib olishni, uni taqsimlashni o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi.

29. Xo‘jalik faoliyati natijasida barcha soliqlar va yig‘imlar to‘langandan so‘ng olinadigan sof foyda, qonunchilikda belgilangan tartibda Korxonaning mulki hisoblanadi.

30. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil
3 oktyabrdagi 342-sonli qaroriga binoan «O‘zstandart» agentligi huzurida tashkil etilgan standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishni rivojlantirish maxsus jamg‘armasini shakllantirish maqsadida Korxona har oyning 10 kuniga qadar yalpi foydasidan 20 foiz miqdorda pul mablag‘larini o‘tkazib beradi.

 

VIII. Korxonaning foydasi va uning taqsimoti

 

31. Korxonaning xo‘jalik faoliyati yuritishda asosiy moliyaviy ko‘rsatgichlar natijalari bo‘yicha olingan foydalaridan iborat bo‘ladi.

32. Sertifikatlashtirish ishlari va xizmatlarining barcha turlarini hamda qonun va normativ hujjatlari bilan taqiqlanmagan o‘zga faoliyat turlarini ko‘rsatish bo‘yicha milliy va erkin ayirboshlanadigan valyutada olinadigan mablag‘lar Korxonaning daromad manbalari hisoblanadi.

33. Xo‘jalik faoliyati natijasida barcha soliqlar va yig‘imlar to‘langandan so‘ng olinadigan sof foyda, qonunchilikda belgilangan tartibda Korxonaning mulki hisoblanadi.

34. Taqsimlanmagan foyda quyidagilarga ishlatilishi mumkin:

ustav fondini ko‘paytirishga;

rezerv kapitalini yaratish va to‘ldirishga;

o‘tgan yillarda ko‘rilgan zararlarni to‘lashga;

«O‘zstandart» agentligi qaroriga ko‘ra boshqa maqsadlarga.

 

IX. Korxona hisobotini yuritish va uning faoliyatini nazorat qilish

 

35. Korxona o‘z faoliyati natijalarining operativ va buxgalter hisob-kitobini olib boradi, shuningdek qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda statistik hisobotni yuritadi.

36. Korxona davlat organlariga o‘rnatilgan tartibda o‘zini moliyaviy-xo‘jalik natijalari to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni hamda qonunchilikka asosan unga tegishli hisobotni topshiradi.

37. Korxona «O‘zstandart» agentligi va “Respublika SSM” DK ga kerakli operativ ma’lumotlarni va hisobotlarni topshiradi.

38. Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni, o‘z vakolatlari doirasida o‘rnatilgan tartibda soliq organlari, «O‘zstandart» agentligi, “Respublika SSM” DK hamda chetdan taklif qilingan auditorlik xizmatlari amalga oshiradi.

39. «O‘zstandart» agentligi o‘z tashabbusiga ko‘ra Korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini kamida ikki yilda bir marotaba tekshirish o‘tkazish mumkin.

40. Teshiruv va reviziyalarning barcha turlari Korxonaning normal ishlashini buzmasligi kerak.

 

X. Kadrlar, mehnatga haq to‘lash, ijtimoiy ta’minot

 

         41. Korxona faqat unumli mehnat uchun sharoitlar yaratadi, mehnat haqidagi qonunchilikka, mehnat muhofazasi qoida va normalariga, xavfsizlik texnikasiga, ishlab chiqarish sanitariyasiga, davlat ijtimoiy sug‘urtasiga, jamoa shartnomasiga, ichki mehnat tartibi Qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi.

42. Direktor Korxona nomidan xodimlarni mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qiladi.

43. Korxona xodimlarining mehnatiga ish haqi to‘lash korxona shtat jadvali bo‘yicha yagona tarif setkasiga asosan har bir lavozim bo‘yicha o‘rnatilgan razryadlar bilan belgilanadi.

44. Korxona xodimlarining mehnatlari uchun ish haqi to‘lash, mukofotlash, ustama haq, kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash, moddiy yordam berish jamoa shartnomasiga hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan va Korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan Nizomlarga asosan amalga oshiriladi.

45. Ijtimoiy rivojlanish, shu jumladan mehnat jamoa a’zolari va ularning oilalarini hayoti va sog‘lig‘i, mehnat sharoitlarini yaxshilash Korxona ma’muriyati ishtirokida mehnat jamoasi bilan hal etiladi.

 

XI. Korxonaning javobgarligi

 

46. Korxona o‘z majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mulk bilan javob beradi. Muassis korxona mulki etarli bo‘lmaganda davlat korxonasi majburiyatlari bo‘yicha subsidiar tartibda javob beradi.

47. Korxona muassisning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.

 

XII. Korxonani qayta tashkil etish va tugatish

 

48. Korxona muassis qaroriga ko‘ra, tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy boshqarmasi bilan kelishgan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoxud sud qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.

49. Korxonani tugatish va qayta tashkil etish jarayonida ishdan bo‘shatilayotgan xodimlarga amaldagi qonun normalariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlari himoya etilishiga kafolat beriladi.

50. Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan «O‘zstandart» agentligi yoki xo‘jalik sudi tugatish tartibi va muddatlarini belgilaydi. Bu tugatish muddati e’lon qilingan kundan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.

51. Korxona davlat ro‘yxati reestridan chiqarib yuborilgan paytdan boshlab tugatilgan hisoblanadi.

 

«“O‘zstandart” agentligi Namangan

sinov va sertifikatlashtirish

markazi» davlat korxonasining

direktori                                                                  __________________________

 

                                                                               __________________________

 

                                                                               __________________________